Bizness Kundalik
← Barcha maqolalar
Biznes tahlil

Airbnb: oddiy g'oyadan global biznesgacha

2026-03-26 · 6 daqiqa
Airbnb: oddiy g'oyadan global biznesgacha

Zamonaviy dunyoda sayohat qilish uslubi tubdan o’zgardi. Ilgari odamlar safarga chiqqanda asosan mehmonxonalarda yashashni afzal ko’rgan bo’lsa, bugungi kunda oddiy insonlarning uylarida yashash ham keng tarqalgan. Bu o’zgarish ortida turgan eng yirik platformalardan biri Airbnb hisoblanadi.

Airbnb nafaqat turizm sohasiga yangi nafas olib kirdi, balki butun boshli yangi biznes model — sharing economy (bo’lishish iqtisodiyoti)ni ommalashtirdi. Eng qizig’i, bu kompaniya juda oddiy muammodan boshlangan.

Boshlanishi: oddiy ehtiyojdan tug’ilgan g’oya

Airbnb 2007-yilda qisqa muddatli uy ijarasi bo’yicha startap sifatida tashkil etilgan. Kompaniya asoschilari Brian Chesky va Joe Gebbia bir paytlar ijara haqini to’lashda qiynalgan yoshlar edi.

Shu sababli ular oddiy, ammo ijodiy g’oya o’ylab topishadi: o’z xonadonlarida havoli matras qo’yib, mehmonlarga tunash va ertalab nonushta taklif qilish. Shu tariqa ular kichik daromad olish bilan birga, sayohatchilarga ham arzon va qulay yechim yaratishdi.

Kompaniya nomi ham shu g’oyadan kelib chiqqan: AirBed & Breakfast.

Bozor ehtiyoji va g’oyaning tug’ilishi

2007-yilga kelib ko’plab davlatlar sayyohlar uchun yanada ochila boshladi. Transport tizimining rivojlanishi va aviachiptalarning arzonlashuvi turizmni keskin oshirdi. Ammo o’sha davrdagi asosiy muammo arzon, ammo qulay yashash joylarining yetishmasligi edi.

Sayohat bozori

Mehmonxonalar ko’pincha qimmat bo’lib, oddiy sayyohlar uchun hamyonbop variantlar kam edi. Aynan shu muammoni ko’ra olgan asoschilar tezda yangi platforma yaratishga qaror qilishdi: har kim o’z uyini ijaraga bera oladigan tizim.

Katta o’sish sari yo’l

Dastlab kichik loyiha sifatida boshlangan bu g’oya asta-sekin katta platformaga aylandi. Internet orqali odamlar o’z uylarini ijaraga berish va boshqa davlatlarda arzon turar joy topish imkoniga ega bo’lishdi.

Airbnb tez orada global miqyosda ommalashdi va millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan yirik platformaga aylandi. Hozirgi kunda dunyoning istalgan burchagidan shinam va arzon uylar topish mumkin.

Xulosa

Airbnb muvaffaqiyati shuni ko’rsatadiki, katta biznes boshlash uchun har doim ham katta mablag’ shart emas. Eng muhim omil — bozordagi real muammoni topish va unga oddiy, ammo samarali yechim taklif qilishdir.

Bugungi kunda bu platforma butun dunyo bo’ylab millionlab odamlarning sayohat qilish uslubini o’zgartirib yubordi va sharing economy tushunchasini global darajaga olib chiqdi.