Kichik boshlash bilan katta bo‘lish mumkinmi?
Har qanday katta va muvaffaqiyatli biznes boshqalar g’alati deb bilgan g’oyalarning kelajagini ko’ra olish va ommaga tatbiq etishdan kelib chiqadi aslida. Bunga juda ham ko’plab misollar keltirish mumkin va aynan bulardan biri Amazon startupidir.
Amazon startupi bilan qisqacha tanishuv
Amazon 1994-yilda juda ham yaxshi maosh talab etadigan moliya sohasidan chiqib, o’zini yangi biznesda noldan sinab ko’rishga qaror qiladi va ushbu startupga asos soladi.
1994-yilda Amerikada bunday biznes boshlash juda ham katta tavakkalni talab etardi, chunki aynan shu yillarda internet yaxshi rivojlanishni boshlagan, ammo odamlar hali ham undan to‘la foydalana olishmayotgan payti edi. Holbuki, bu hodisalar Jeff Bezosga tanqidlarga uchrashi va ko’plab investorlardan rad javobini olishga olib kelgandi.
Ammo u bu sohaning kelajagi borligiga ishonardi, shu sababli to’xtashni istamadi va bir necha yil zarar ko’rishiga qaramay startupni davom ettirdi. Dunyodagi eng birinchi bo’lgan marketpleysda Jeff Bezos sotish uchun eng maqbul variant deb kitobni tanladi. Ammo hozir Amazondagi mahsulotlarning turlari shu darajada ko’payib ketganidan, ayrim odamlar bu haqida unutib ham yuborishgan.
Amazonning zarardan foydaga chiqish yo’lidagi islohotlar
Amazonning tarixidagi eng katta burilishlar 2001-2003 yillar oralig’ida bo’lib o’tadi. 2000-yillargacha internet endi-endi rivojlanayotganligi tufayli investorlar .com domenida ochilgan barcha kompaniyalarga sarmoya kiritishni boshladi, ammo bu hodisa ular o’ylaganday bo‘lmadi.
Bunga asosiy sabab esa kompaniyalar aslida kuchsiz, lekin narx va bahosi oshib ketganligi va “dot-com bubble” (internet pufagi) sodir bo‘lishi edi, shuning natijasida ko‘plab marketpleyslar kasotga uchrab yopib ketdi. Ayni shu davrda ko‘plab tadbirkorlar Amazonning yopilib ketishi haqida turli xil farazlar keltirishgan, ammo Jeff Bezos bu hodisadan foydalanib kampaniyasida ko‘plab islohotlar o’tkazgan:
- IPO (Initial Public Offering): Ya’ni o’z kampaniyasini aksiyalarini sotishni boshlash edi va shu orqali startupni ayni qiyin vaziyatda ushlab turish uchun eng to‘g’ri yo’l deb bildi.
- Xarajatlarni keskin kamaytirish: U omborlarini optimallashtirdi, keraksiz deb bilgan loyihalarini yopdi, ish jarayonini avtomatlashtirdi.
- Uchinchi tomon sotuvchilari: U o’z marketplacesida uchinchi tomon sotuvchilariga savdo qilishga ruxsat berdi. Bu esa riskni yanada kamaytirdi, mahsulot turi va xilma-xilligini ta’minlab berdi, eng asosiysi daromadni keskin oshirdi.
Natijada 2003-yilda birinchi marta foydaga chiqdi va bu startup uchun tarixiy burilish bo’ldi.
Olinishi kerak bo’lgan eng muhim xulosalar
Amazon hikoyasi shuni ko’rsatadiki, katta natijalar darrov kelmaydi. Ba’zida yillar davomida zarar ko’rish, tanqidga uchrash va hatto muvaffaqiyatsizlik yoqasiga kelib qolish ham mumkin. Ammo farq shundaki, ko‘pchilik aynan shu nuqtada to‘xtaydi, boshqalar esa davom etadi.
Jeff Bezos esa qisqa muddatli foydani emas, uzoq muddatli natijani tanladi. U bozordagi inqirozni xavf emas, imkoniyat sifatida ko’rdi va aynan shu qarash Amazon’ni bugungi darajaga olib chiqdi.
Kichik boshlash muammo emas. Asl muammo — erta taslim bo’lishda. Inqiroz davri barcha biznesda kuzatiladi; hech bir startup yo’qki zararsiz, faqat foydada bo’lgan. Ammo hozirda mavjud bo’lgan katta startuplarning kuchi shundaki, tez boshlangani uchun emas, to’xtamaganlari uchun yirik.


